Noyob jonivorni o‘ldirganlar umrbod qamoq jazosiga mahkum etilishi mumkin
Ugandada to‘rt nafar brakoner noyob tog‘ gorillasini o‘ldirganligi uchun hibsga olindi. Bu haqda «VVS» xabar berdi.
Jinoyatchilar umrbod qamoq jazosiga yoki 5,4 million dollar jarimaga tortilishi mumkin. Tog‘ gorillasi qirilib ketish arafasida turibdi: dunyo bo‘yicha jami mingtacha qolgan. U Qizil kitobga ham kiritilgan.
Tog‘ gorillasi faqat Kongo Demokratik Respublikasi, Ruanda va Ugandada yashaydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter