Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nursulton Nazarboyevning ukasi vafot etdi

Nursulton Nazarboyevning ukasi vafot etdi

Bugun, 13 noyabr kuni Bolat Nazarboyev 71 yoshida uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etdi, deb xabar berdi «Zakon.kz».

«Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning ukasi Bolat Abishevich Nazarboyev uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng vafot etdi», — deb xabar berdi Nazarboyevning matbuot kotibi Aidos Ukibay.

2023 yilning 6 noyabr kuni Nursulton Nazarboyevning ukasi reanimatsiya bo‘limida yotgani xabar qilingan edi.

Bolat Nazarboyev 1953 yil 23 martda Olmaota viloyati, Qorasay tumani, Shamalgan qishlog‘ida tug‘ilgan.

1997 yildan beri u BN Invest xoldingiga rahbarlik qilib kelgan. 2016 yilda «Saliqali urpaq» jamoat fondiga asos solgan. Shu yili u «Parasat» ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring