Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nyu-Yorkda minglab odam namoyishga chiqdi

Nyu-Yorkda minglab odam namoyishga chiqdi

17 sentyabr, yakshanba kuni minglab iqlim himoyachilari Nyu-York ko‘chalariga namoyishga chiqib, AQSh prezidenti Jo Bayden va dunyo yetakchilarini global isishga olib kelayotgan qazib olinadigan yoqilg‘idan foydalanishni to‘xtatishga chaqirdi.

700 dan ortiq global iqlim tashkilotlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu namoyish BMT Bosh assambleyasi 78-sessiyasining yuqori darajadagi haftaligi doirasida 20 sentyabr kuni Nyu-Yorkda o‘tadigan bir kunlik Iqlim sammiti oldidan tashkillashtirildi.

Qayd etilishicha, aksiyada 75 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.

AQSh yetakchisining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan ma’lum qilishicha, Bayden 19 sentyabr kuni Bosh assambleyada nutq so‘zlasa-da, u BMT iqlim sammitida ishtirok etishi rejalashtirilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring