Nyu-Yorkda vertolyot daryoga quladi, qurbonlar bor

Manhetten markazidagi maydonchadan havoga ko‘tarilgan yo‘lovchi vertolyoti ko‘p o‘tmay Gudzon daryosiga qulagan.
Vertolyotning daryoga qulashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘ldi. Hodisa 10-aprel, payshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Nyu-York meri Erik Adamsning aytishicha, halokatda Ispaniyadan kelgan oila va uchuvchi (uch bola va uch kattalar) halok bo‘lgan.
Shuningdek, ba’zi manbalar «Siemens Spain» konsernining ispan filiali rahbari Agustin Eskobar, uning rafiqasi va uch farzandi bo‘lgan.
Bu 2018 yildan beri Nyu-Yorkdagi eng halokatli vertolyot favqulodda hodisasiga aylandi, o‘shanda ochiq eshiklar bilan uchayotgan ekskursiya vertolyoti daryoga tushib, ag‘darilib ketib besh yo‘lovchi halok bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter