Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Janubiy Koreya Xitoy, Rossiya va KXDRning yaqinlashuvidan chuqur tashvishda

OAV: Janubiy Koreya Xitoy, Rossiya va KXDRning yaqinlashuvidan chuqur tashvishda

Janubiy Koreya rasmiylari KXDR yetakchisi Kim Chen In, Xitoy rahbari Si Szinpin va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Pekinda bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasidagi voqealarni diqqat bilan kuzatib bordi. Bu haqda Yonhap xabar berdi

“Biz xalqaro vaziyat murakkabligi sababli vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapmiz”, — deya Pekindagi bunday aloqalarni sharhladi Janubiy Koreya prezidentining matbuot kotibi Kan Yu Jung. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Seul “qo‘shni davlatlarga nisbatan hushyor” bo‘lib qoladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya, Xitoy va KXDR yetakchilari Pekinning bosh maydonidagi parad o‘tkaziladigan maydonga ketayotib gaplashgani xabar qilingandi.

Xitoyda o‘tkazilayotgan bayramlar militaristik Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning 80 yilligi va Ikkinchi jahon urushi yakuniga bag‘ishlanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring