OAV: Putin Erdo‘g‘onga maxfiy taklif bilan chiqdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin turkiyalik hamkorlar yordamida G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tishga umid qilmoqda, deb yozadi The Washington Post.
Gazetaning yozishicha, Moskva Anqaraga Turkiyadagi neftni qayta ishlash zavodlari, neft terminallari va suv omborlaridagi aksiyalarni sotib olishga ruxsat berishni taklif qilgan. Shunday qilib, Kreml neftning kelib chiqishini yashirishga va Yevropa Ittifoqi embargosini chetlab o‘tishga umid qilmoqda.
Rossiya tomoni, shuningdek, Turkiyadan sanoat kompaniyalarining erkin iqtisodiy zonalardan tashqarida faoliyat yuritishiga ruxsat berishni so‘ramoqda. Moskva, shuningdek, Turkiyaning bir qancha davlat banklaridan Rossiya banklari uchun vakillik hisob raqamlarini ochishni so‘ragan.
Erdo‘g‘on, o‘z navbatida, Rossiya Suriya shimolida kurdlarga qarshi harbiy operatsiyani qo‘llab-quvvatlashini kutmoqda.
Ayni damda rasmiy Anqara Rossiya so‘rovlarini qo‘llab-quvvatlashini aniq aytish ilojsiz. Chunki turk banklari va kompaniyalari ikkilamchi sanksiyalar tahdidi ostida qolishi va G‘arb bozorlariga kirish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter