Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Tramp Si Szinpin bilan uchrashishga yashirincha tayyorlanmoqda

OAV: Tramp Si Szinpin bilan uchrashishga yashirincha tayyorlanmoqda

AQSh va Xitoy rahbarlari Janubiy Koreyada uchrashishi mumkin. 

AQSh prezidenti Donald Tramp va uning maslahatchilari Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi (APEC) sammitida ishtirok etish uchun yashirincha tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar bermoqda CNN manbalarga asoslanib. 

 Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh prezidenti ma’muriyati sammit doirasida Donald Tramp va Xitoy rahbari Si Szinpin o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Mumkin bo‘lgan uchrashuv tafsilotlari hozircha aniqlanmagan. 

CNN manbalari, shuningdek, AQSh prezidenti Janubiy Koreyaga tashrifi chog‘ida Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini ham istisno etmaydi, biroq uning sammitda ishtirok etishi hozircha ma’lum emas. Oq Uy safarning asosiy maqsadi sifatida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishni belgiladi. 

APEC sammiti Janubiy Koreyaning Kyonju shahrida 31 oktyabr va 1 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring