OAV Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov vafot etganini xabar qildi

Rasman tasdiqlanmagan, OAV tomonidan tarqatilayotgan mavhum xabarlarga ko‘ra Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov vafot etgan.
«Govorit Moskva» radiostansiyasining Yevroosiyodagi muammolarni monitoring qilish markazi siyosatshunosi va direktori Aslan Rubayev bu haqda xabar berdi.
Uning ta’kidlashicha, bu ma’lumot turkmanistonlik tadbirkorlardan olingan. Rubayev Turkmaniston prezidentining vafoti haqidagi xabar maxsus kuchlar vakillaridan olinganini aytgan. Uning fikricha, Turkmaniston prezidenti ta’til vaqtida vafot etgan.
Gurbanguli Berdimuxamedov 15 iyulda ta’tilga chiqqan edi. Uning vafoti haqidagi xabar shuningdek arab davlatlaridagi yangiliklarni berib boradigan telegram-kanallar va muholifat hisoblanadigan Youtube-kanalda ham berilgan.
Ayni vaqtga qadar bu yangilik rasman tasdiqlangani yoki inkor etilgani yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter