Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

OAV: Ukrainaning birinchi prezidenti jonlantirish bo‘limida qolmoqda

OAV: Ukrainaning birinchi prezidenti jonlantirish bo‘limida qolmoqda

Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk, iyun oyi oxirida o‘tkazilgan yurak operatsiyasidan so‘ng hali ham jonlantirish bo‘limida, sun’iy nafas berish moslamasiga ulangan holda ekanligini ma’lum qilindi.

APnews agentligining sobiq prezident atrofidagi manbalaridan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, uning sog‘ligi tiklanish dinamikasi juda sust.

«Leonid Makarovich intensiv terapiyada, u shoshilinch ravishda bajarilishi kerak bo‘lgan murakkab operatsiyani boshdan kechirdi. Hozirda jonlantirish bo‘limida. Salomatligining tiklanish dinamikasi sust. Shifokorlar hozircha bu haqida biror ma’lumot bermagan», - deya takidlaydi manba.

Avvalroq Kravchuk yurak operatsiyani boshdan o‘tkazgani xabar qilingan edi. Keyinchalik Ukraina delegatsiyasi vakili va prezident devoni rahbarining maslahatchisi Aleksiy Arestovichning aytishicha, Donbassdagi mojaroni hal qilish bo‘yicha aloqa guruhidagi Kiyev delegatsiyasi rahbarini Kravchukning salomatligi yomonligi tufayli o‘rniga boshqani tayinlash masalasi hali ko‘rib chiqilmagan. Ukraina OAVlari Kravchuk yoz oxirigacha muzokaralarda qatnashmasligini xabar qilgan.

Kravchuk Ukrainaning birinchi prezidenti bo‘lib, mamlakatni 1991-1994 yillarda boshqargan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring