Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar Oy bilan bog‘liq yana bir jumboqning tagiga yetishdi

Olimlar Oy bilan bog‘liq yana bir jumboqning tagiga yetishdi

Foto: «Esoreiter.ru»

Myunsterlik bir guruh olimlarning fikricha, Yerning tabiiy yo‘ldoshiga sayyora shakllanishining asosiy bosqichidan keyin qolgan asteroidlar hujum qilgan. Tadqiqot natijalari aks ettirilgan maqola Science Advances ilmiy portalida chop etilgan.

Olimlar o‘z ishlarida yoshi taxminan to‘rt milliard yil bo‘lgan Oy tuprog‘ining namunalaridan foydalanganlar. Tadqiqot davomida ma’lum bo‘lishicha, tosh namunalarida asteroidlarga tegishli kichik metall zarralari mavjudligi aniqlangan.

Olimlar asteroidlar paydo bo‘lgan joyni aniqlash uchun bu zarralar tarkibini izotopik tahlil qilishlari kerak edi. Ko‘p miqdorda bo‘lgan ruteniy va molibden kosmik ta’sir jismlari Yerning yakuniy shakllanishidan keyin paydo bo‘lganligini ko‘rsatgan.

Tadqiqot mualliflarining fikricha, bu asteroidlar tarkibida suv ham mavjud bo‘lgan, bu esa Yer va kometalar tarkibining o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.

Tadqiqotda aytilishicha, tabiiy sun’iy yo‘ldoshga tomon asteroidlar hujumi uzoq vaqt davom etib, mashhur kraterlarni hosil qilgan.

Avvalroq insonning Oyga jo‘natilishi bir yilga kechiktirilgani haqida xabar berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring