Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olmaota haqida yetti fotofakt

Olmaota haqida yetti fotofakt

Olmaota 70 yil davomida Qozog‘istonnng poytaxti bo‘lgan. Mazkur shaharni «janubiy poytaxt» deb ataydilar. Chunki iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyoti bo‘yicha u yirik megapolislardan biri hisoblanadi. 2011 yilning yoz oyida shahardagi katta daraxtlarni arralash va o‘rniga yangi ko‘chatlar o‘tqazish uchun budjet mablag‘idan 87 mln. tenge ajratilgan edi. Bugungi kunga kelib, shahar yam-yashil daraxtzorlar bilan burkangan.

1. Olmaota Olatog‘ yonbag‘irlaridagi bahavo hududda joylashgan yirik shahar.

2. Olmaota ahli (va hukumati) gullarni sevadi.

3. Olmaotada piyodalar uchun yo‘laklar har qanday ko‘cha hududida mavjud.

4. Olmaotada 2022 yilning «qonli yanvar» guvohi — ikki bino Prezident rezidensiyasi va Akimat binolarining ayanchli ko‘rinishidan boshqa dilni xira qiluvchi (garchi oradan bor-yo‘g‘i 5 oy o‘tgan bo‘lsa-da) dalillarni uchratmaysiz.

5. Olmaotada jamoat transporti qatnovi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.

6. Olmaota ahli yam-yashil bog‘larda sayr qilib, dam olishni kanda qilmaydi.

7. Olmaota tabiat bilan uyg‘un shahar.

P.S.: daraxt juda ko‘p ekan, suratga olishga xalaqit berdi (o‘zbekcha hazil).

Muhayyo Saidova,
Olmaotadan maxsus Xabar.uz uchun tayyorladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring