Olmaotada yirik yong‘in yuz berdi

Bugun, 28-iyun kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida joylashgan omborxonada yirik yong‘in yuz berdi. Bu haqda Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi vakili Ruslan Imonqulovga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
«Soat 10.46 da yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q», — degan Rkslan Imonqulov.
Yong‘inni o‘chirishda maxsus suv purkovchi uskunali «Mi-171» vertolyotidan foydalanilgan va u 132 tonna suv sepgan.
Yong‘in 17 ming 380 kvadrat metr hududni qamrab olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter