Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olti mingdan ziyod qozog‘istonlik o‘zini bankrot deb e’lon qildi

Olti mingdan ziyod qozog‘istonlik o‘zini bankrot deb e’lon qildi

Foto: Kapital.kz

70 mingdan ortiq qozog‘istonlik o‘zlarining bankrot deb e’tirof etilishi uchun ariza bergan, biroq 80 foizga yaqin ariza mezonlarga mos kelmasligi sababli rad etilgan. Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Erulan Jamaubayevga ko‘ra, ariza bergan fuqarolarning 6 mingdan ziyodi bankrot deb topilgan, ularning umumiy qarzi 9 milliard tengedan oshadi.

Ta’kidlanishicha, bankrot deb topilishni so‘rab arz qilgan, biroq arizasi rad etilgan qozog‘istonliklarning 80 foizdan ortig‘ida shaxsiy mol-mulk aniqlangan. Bundan tashqari, ular keltirgan vajlar hamda topshirgan hujjatlar bankrotlik to‘g‘risidagi qonunchilik mezonlariga javob bermagan.

Qozog‘istonda aholi orasida suddan tashqari bankrotlik eng ommabop hisoblanadi. Bu banklar, mikromoliya tashkilotlari va inkassatsiya agentliklari oldidagi qarzlarga nisbatan qo‘llanadi.

Mamlakat bosh vaziri Alixon Smoilovga ko‘ra, 1 sentyabr holatiga banklardan olingan iste’mol kreditlarining umumiy hajmi 9,2 trillion tengeni, muammoli iste’mol kreditlari 1 million tengeni tashkil etadi. Shu munosabat bilan hukumat iste’mol krediti berish shartlari va oluvchilar toifalariga cheklovlar joriy etish bo‘yicha banklarga topshiriq bergani aytilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring