«Omikron» klinikasi JSSTni sudga berdi
«Omikron» klinikalar tarmog‘i egasi koronavirusning yangi shtammi nomi bo‘yicha JSSTni sudga berdi. Bu haqda Zakon.kz xabar qildi.
Sibirdagi oftalmologik klinikalar tarmog‘i rahbari Aleksandr Padar Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotini sudga berdi va unga koronavirusning yangi shtammiga qo‘yilgan «omikron» so‘zini ishlatishni taqiqlashni talab qildi.
«Tibbiyot muassasasining nomi ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgisidir va COVID-19 shtammi bilan bog‘liqlik klinikaning biznes obro‘siga putur yetkazadi», — dedi Aleksandr Padar.
«Omikron» klinikasi 2015 yilda ochilgan. Hozirda tibbiyot muassasasining filiallari Rossiyaning 11 shahrida faoliyat yuritmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter