Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mikrochip yordamida o‘n ikki yil avval yo‘qolgan mushuk topildi

Mikrochip yordamida o‘n ikki yil avval yo‘qolgan mushuk topildi

AQShda yo‘qolgan mushuk 12 yildan so‘ng egalariga qaytib keldi, deb yozadi HuffPost. Uy hayvonining egalari uning hali tirik ekanligidan hayratda qolishdi.

Kaliforniyalik Anjelo va Shelli Kastelinolarning aytishicha, ularning mushugi Butters 12 yil oldin eshikni ochib, uydan qochib ketganicha g‘oyib bo‘lgan. Uy hayvonini qidirish samarasiz bo‘ldi.

«Biz hayvonlar ovchilari uni qo‘lga oldi deb o‘ylagandik. U g‘oyib bo‘lgach, juda xafa bo‘ldik», — deydi er-xotin.

Butters egalari uning o‘lganiga ishonch hosil qilishgan, ammo oktyabr oyi boshida Dalton Chercvell mushukni o‘z hovlisida topib olgan. Ma’lum bo‘lishicha, jonivorda mikrochip bor edi — uning yordami bilan Kastelino oilasi bilan bog‘lanilgan. 

«Avvaliga firibgarlar qo‘ng‘iroq qilmoqda deb o‘yladik, javob bermadik. Dalton Buttersni topganini aytdi», — deb eslaydi Anjelo.

Shundan so‘ng, mushuk egalariga qaytarib berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring