Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘sh shahrida sud majlisidan keyin derazadan qochgan prokuror ishdan olindi

O‘sh shahrida sud majlisidan keyin derazadan qochgan prokuror ishdan olindi

Qirg‘iz Respublikasi, O‘sh shahrida sudda qatnashganidan keyin derazani sindirib qochgan viloyat prokuraturasining katta prokurori Soyuzbek Sarikov xizmatdan olingan. Bu haqda Bosh prokuraturaning matbuot xizmati ma’lum qilgan.

«Tegishli buyruqqa Bosh prokuratura rahbariyati tomonidan qo‘l qo‘yildi. O‘sh viloyat prokuraturasi rahbariyati ustidan esa yuqoridagi vaziyat bo‘yicha xizmat tergovi davom etmoqda», — deyiladi xabarda.

Bunga qadar ijtimoiy tarmoqlarda Sarikov «mast ahvolda sudga qatnashgandan keyin derazani sindirib qochib ketdi» deyilgan video tarqalgan. Videodagi ayol Sarikovga murojaat qilib «sen mast ahvolda o‘g‘limning taqdirini hal qildingmi?» deb norozilik bildirgan.

U ayolning savolini javobsiz qoldirib, shahar sudining binosidagi xonalarning biriga qochib kirgan. Keyinchalik Sarikov kabinetning derazasidan qochib chiqib ketgan.

Voqeadan keyin viloyat prokuraturasi xizmat tekshiruvini boshlagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring