Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Osiyo Nobeli» — Shao mukofotlari egalari aniqlandi

«Osiyo Nobeli» — Shao mukofotlari egalari aniqlandi

Foto: «Shawprize.org»

Bugun, 21-may kuni Gonkongda Nobel mukofotining Osiyocha talqini — Shao g‘oliblari nomlari aniqlandi. Bu haqda «Xaytek» loyiha saytiga asoslanib xabar berdi.

Shao mukofoti astronomiya, matematika, biologiya-tibbiyot yo‘nalishlarida beriladi.

2019-yilgi Shao mukofotiga sazovor bo‘lganlar — «Voyajer» missiyasi rahbari, Kaliforniya texnologiya instituti professori Edvard Stoun, spinli (aylanuvchi) shishalarni o‘rgangan matematik Mishel Talagran, shikastlangan DNKlar ustida tadqiqot olib borgan Mariya Yasin.

Laureatlarga 1,2 million dollardan mukofot puli beriladi. Taqdirlash marosimi 2019-yilning 25-sentyabr kuni Gonkongda bo‘lib o‘tadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring