Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Osloda Nobel tinchlik mukofoti topshirildi

Osloda Nobel tinchlik mukofoti topshirildi

Foto: DW

Norvegiya poytaxti Osloda kecha, 10-dekabr kuni 2022-yilgi Nobel tinchlik mukofoti topshirildi. Laureatlar — Belarusda ro‘yxatga olinmagan «Vesna» markazi raisi Ales Belyasiy, Rossiyaning «Memorial» tashkiloti va Ukrainaning «Fuqarolik erkinliklari markazi».

Nobel mukofoti an’anaviy ravishda har yili 10-dekabrda — Alfred Nobel vafot etgan sanada (tinchlik yo‘nalishidagisi Osloda, qolganlari Stokgolmda) topshiriladi.

2022-yili Nobel mukofotini qo‘lga kiritganlar:

  • iqtisodiyot — Ben Bernanke, Duglas Daymond, Filip Dibvig (AQSh);
  • adabiyot — Anni Erno (Fransiya);
  • fizika — Alen Aspe (Fransiya), Jon Klauzer (AQSh), Anton Saylinger (Avstriya);
  • kimyo — Karolin Bertozzi (AQSh), Morten Meldal (Daniya), Barri Sharpless (AQSh);
  • tibbiyot — Svante Paabo (Shvetsiya).
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring