Ostona yilning muhim moliyaviy tadbiriga mezbonlik qiladi

Joriy yil 4-5 sentyabr kunlari Qozog‘iston poytaxtida “Astana Finance Days 2025” forumi bo‘lib o‘tadi.
“Kapital kelajakni shakllantirayotgan manzil” degan mavzuda, Astana International Forum ko‘magida o‘tadigan tadbirda 70 dan ziyod davlatdan 5000 dan oshiq mehmon – bank-moliya va texnologiya sohasi vakillari qatnashishi kutilmoqda. Mehmonlar safida, jumladan, avstraliyalik taniqli futurolog, ishbilarmon va bestsellar kitoblar muallifi Brett King ham bor.
Soha ekspertlari fikricha, dunyoda moliyaviy resurslar uchun raqobat kuchayib borayotgan bir pallada iqtisodiy taraqqiyot, texnologik o‘sish, iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlardagi zamonaviy to‘siqlarni oshib o‘tish ko‘p jihatdan kapitalga bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Moliyaviy jabhada yilning muhim hodisalaridan biri deb atalayotgan Ostona forumida an’anaviy sarmoya holatidan kriptovalyuta istiqboliga qadar – dolzarb masalalar muhokama etiladi.
“Astana Finance Days 2025” forumiga oid batafsil ma’lumotni rasmiy saytdan olish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter