Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ota farzandi bilan dars qilsa, o‘quvchi qanday natijaga erishishi aniqlandi

Ota farzandi bilan dars qilsa, o‘quvchi qanday natijaga erishishi aniqlandi

Pexels

Buyuk Britaniyaning Lids universiteti olimlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining otalari farzandlari bilan dars tayyorlasa  ularning o‘quv natijalari yuqori bo‘lishini aniqlashdi. Otasi bilan muntazam birga dars qiladigan, turli o‘yinlar o‘ynaydigan, kitob o‘qiydigan va rasm chizadigan bolalar o‘z tengdoshlariga qaraganda o‘zlashtirishi ijobiy ekanligi aniqlandi. Bu haqda  Medical Xpressga tayanib gazeta.ru xabar berdi.

Ushbu tadqiqotda 4966 oila ishtirok etdi. Tadqiqotchilar maktabda o‘tkazilgan test sinovlarini tahlil qilib, bolalarning o‘quv faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlarni to‘pladilar. Aniqlanishicha, yaxshi baho olgan birinchi sinf o‘quvchilarining otalari e’tiborli bo‘lib, ular bolalarni uch yoshdan boshlab ta’limiy o‘yinlarga, o‘qish va musiqa darslariga jalb qiladilar, degan xulosaga kelishdi. Bundan tashqari, otalar bolalari besh yoshligidan ta’lim olishida ishtirokchi bo‘lsa, o‘quvchilarning yetti yoshda yaxshi o‘qishga hissa qo‘shishi aniqlandi.  

Tadqiqotchilar, shuningdek, onaning ishtiroki bolaning ta’limdagi yutuqlaridan ko‘ra, uning hissiy va ijtimoiy xulq-atvoriga ko‘proq ta’sir qilishini qo‘shimcha qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring