Otib ketilgan bosh vazir qachon ishga qaytishini ma’lum qildi
Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso iyun oxiri yoki iyul oyining boshigacha o‘z vazifalariga qaytish niyatida ekanini aytdi. Bu haqida «TASS» xabar bermoqda.
«Agar tiklanish jarayoni optimal tarzda o‘tsa, men asta-sekin iyun oxiri yoki iyul oyining boshigacha ishga qaytishim mumkin», dedi u.
Fitso shuningdek, uni o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan nafrat his qilmasligini aytdi.
Bundan tashqari, Slovakiya bosh vaziri suiqasd uning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazganini ham aytgan.
Avvalroq Slovakiya bosh vaziri o‘rinbosari va mudofaa vaziri Robert Kalinyak suiqasddan so‘ng Fitsoning davolanishi jarohatning og‘irligi tufayli uzoq davom etishi mumkinligini aytgandi.
Eslatib o‘tamiz, Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitso 15-may kuni suiqasdda yaralangan edi. Unga suiqasd uyushtirishda gumon qilingan 71 yoshli yozuvchi Yuray Sintula hujum joyida qo‘lga olingandi. Unga 25 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter