Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘z erini o‘ldirgan Gretsiya elchisining xotini 31 yilga qamaldi

O‘z erini o‘ldirgan Gretsiya elchisining xotini 31 yilga qamaldi

Gretsiyaning Braziliyadagi elchisi Kiriakos Amiridisning rafiqasi Fransuaza de Souza Oliveyra 2016-yilda o‘z turmush o‘rtog‘ini o‘ldirgani uchun 31 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda RIA Novosti ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ayol 31 yilga, uning jazmani, politsiya xodimi Serjio Moreyra 22 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Sobiq politsiyachining qarindoshi Eduard Moreyra qotillikda oqlangan, lekin jasadni sir saqlagani uchun unga bir yil qamoq jazosi berilgan.

Gretsiyaning Braziliyadagi elchisi Kiriakos Amiridis 2016-yil 26-dekabrda Rio-de -Janeyroda xotini bilan Rojdestvo ta’tilida sayohatga borib yo‘qolib qolgan edi.

Diplomatning xotini ikki kundan so‘ng turmush o‘rtog‘i yo‘qolgani haqida politsiyaga murojaat qilgan.

Biroq, tergov Oliveyra 59 yoshli erini o‘limini uyushtirganligini aniqlagan.

Diplomatning jasadi, u yo‘qolib qolgan Yangi Iguau hududida yonib ketgan mashinada topilgan. Mashina aynan uning ijaraga olgan avtomobili ekanligi tasdiqlangan.

Amiridis 2001-yildan 2004-yilgacha Gretsiyaning Riodagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan, 2012- yildan Liviyaga yuborilgan. 2016-yil boshida esa Braziliyadagi diplomatik missiya rahbari etib tayinlangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring