Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon mina maydonlari xaritasi evaziga arman asirlarini ozod qildi

Ozarbayjon mina maydonlari xaritasi evaziga arman asirlarini ozod qildi

Ozarbayjon Armaniston bilan noyabrning o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qurolli to‘qnashuvlar paytida asirga olgan 10 arman harbiy xizmatchini ozod qildi. Buning evaziga Armaniston Tog‘li Qorabog‘ning Ozarbayjonga qaytarilgan hududlari hamda ularga tutash yerlardagi mina o‘rnatilgan maydonlar xaritasini Bokuga topshirdi.

Bu haqda shanba oqshomida Ozarbayjon xavfsizlik xizmati xabar qildi. Xabarda aytilishicha, asirlarga xarita almashuv jarayoniga Rossiya mudofaa vazirligi vositachilik qilgan.

Shu yilning 16 noyabrida ikki davlat o‘rtasidagi chegarada o‘tgan yili o‘t ochish to‘xtatilgan buyon eng yirik jang bo‘lib o‘tgan edi.Ozarbayjon tomoni 7, Armaniston 6 harbiy xizmatchisi halok bo‘lgani to‘g‘risida bayonot bergan.Bundan tashqari Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyanga ko‘ra, 30 dan ziyod arman askari asir olingan bo‘lishi mumkin. Ikki asir noyabrda qaytarilgani xabar qilingan.

O‘tgan yilgi urushda Boku Tog‘li Qorabog‘ning bir qismi hamda 1994 yilda separatistik urush tugaganidan beri etnik arman kuchlari nazoratida bo‘lgan tutash hududlar ustidan nazorat o‘rnatdi.

Mintaqaga kuzatuvchi sifatida 2000 ga yaqin rus askari safarbar etildi. Eslatib o‘tamiz, Tog‘li Qorabog‘ xalqaro miqyosda Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring