Ozarbayjon va Armaniston yangi kelishuvga erishganini e’lon qildi

Armaniston va Ozarbayjon tinchlik sulhiga kelishganini e’lon qildi. Kelishuvga ko‘ra, u 18 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan yarim tunda kuchga kiradi.
Ushbu ma’lumotni Armaniston va Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirliklari rasman tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yil sentyabr oyi oxirida hududdagi keskinlik yana kuchaydi.
Moskvada ikki davlat TIV rahbarlari uchrashuvida 10 oktyabrdan otashkesimga amal qilishga kelishildi, ammo sulh mo‘rt bo‘lib chiqdi. Shuningdek, Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa hujumi va tinch aholining qurbon bo‘lishi vaziyatni keskinlashtirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter