Ozarbayjonda Xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi

Ozarbayjonning Gabala shahri yana bir bor jahon musiqasi markaziga aylanadi. 2025 yil 24–29 iyul kunlari bo‘lib o‘tadigan XIV Gabala Xalqaro Musiqa Festivali musiqasevarlarga unutilmas lahzalarni taqdim etishi kutilmoqda. Festival Haydar Aliyev jamg‘armasi tashabbusi va tashkilotchiligi, shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Uzeyir Hojibekov nomidagi Boku musiqa akademiyasi va «Gilan» kompaniyasi ko‘magida o‘tkaziladi.
2009 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan bu beta’sir musiqa bayrami nafaqat klassik musiqa an’analarini asrab-avaylab kelayotgan, balki dunyoning turli burchaklaridan san’atkorlar va yosh iste’dodlarni bir sahnada jamlaydigan xalqaro madaniy maydonga aylangan.
Bu yilgi festivalda Ozarbayjon, Lotin Amerikasi, Litva va Gruziyadan taniqli ijrochilar ishtirok etadi. Ular tomonidan taqdim etiladigan dasturda Ozarbayjonning milliy musiqiy merosi hamda jahon musiqa madaniyati aks etadi.
Ozarbayjonda 2025 yil «Konstitutsiya va suverenitet yili» deb e’lon qilinishi, shuningdek, ozarbayjon professional musiqasining asoschisi Uzeyir Hojibekovning tug‘ilganiga 140 yil to‘lishi bu yilgi festivalning ma’naviy va tarixiy ahamiyatini yanada oshiradi. Festival doirasida Xalq artisti Rauf Atakishiyevning 100 yilligi va atoqli bastakor Vasif Adigyozalovning 90 yilligi munosabati bilan maxsus konsert dasturlari ham taqdim etiladi.
Gabala Xalqaro Musiqa Festivali 2025 yilning eng esda qolarli voqealaridan biri bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter