Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda 3 pog‘ona yuqoriladi

O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha reytingda 3 pog‘ona yuqoriladi

2023-yilning iyun oyida Speedtest Global Index reytingida uy interneti tezligi bo‘yicha 85-o‘rinda qayd etildi.

May oyi bilan taqqoslaganda bu ko‘rsatkich 3 pog‘onaga yaxshilangan.

Uy interneti tezligi O‘zbekistonda 51,25 Mb/s deya baholangan.

Mobil internet bo‘yicha esa O‘zbekiston 107-o‘rinda (o‘tgan yili 108-o‘rinda bo‘lgan). Bu borada o‘rtacha tezlik – 20,95 Mb/s.

Internet tezligi bo‘yicha eng avvalgi o‘rinlarda Singapur (247,29 Mb/s), Birlashgan Arab amirliklari (239,20 Mb/s) hamda Chili (229,48 Mb/s) davlatlari qayd etilgan bo‘lsa, eng oxirgi o‘rinlarda Kuba (1,96 Mb/s), Afg‘oniston (2,42 Mb/s) va Turkmaniston (3,91 Mb/s) egallagan.

Shuningdek, mobil internet bo‘yicha ro‘yxatning eng avvalida BAA (200,24 Mb/s), Qatar (182,98 Mb/s) va Quvayt (152,95 Mb/s) davlatlari, eng oxirida esa Sudan (2,38 Mb/s), Kuba (3,87 Mb/s) hamda Afg‘oniston (5,21 Mb/s) davlatlari keltirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring