O‘zbekiston qishda ushlab qolingan elektr energiyasini Qirg‘izistonga qaytardi

O‘zbekiston qish mavsumida Qirg‘izistonga o‘tkazib berishi kerak bo‘lgan 145,6 mln kilovatt-soat elektr energiyasini qaytardi.
Bu haqda «24.kg» nashri Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasiga tayanib ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, mamlakat ushbu import elektr energiyasi uchun 1,2 ming som to‘lagan.
«Katta ehtimol bilan, to‘lov faqat elektr energiyasi tranziti uchun bo‘lgan», – deyiladi nashr ma’lumotida.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 12-dekabrida Qirg‘iziston Milliy energetika xoldingi boshqaruvi raisi Talaybek Bayg‘oziyev O‘zbekiston tranzitchi davlat sifatida mamlakatda kuzatilgan energetika taqchilligi paytida Qirg‘izistonga tranzit qilinishi kerak bo‘lgan elektr energiyasi hajmini o‘tkaza olmagani hamda o‘z navbatida, O‘zbekiston tomoni iste’mol qilgan elektr energiyasini qaytarish bo‘yicha majburiyat olganini aytgan edi.
Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat 2023-yilning 5 oyida 1 mlrd 516,5 mln kilovatt-soat elektr energiyasi import qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter