O‘zbekiston TIV Rossiya konsullik bo‘limi yaqinidagi portlash yuzasidan bayonot berdi
Kobuldagi Rossiya Federatsiyasining konsullik bo‘limi yaqinida 2022-yil 5-sentyabr kuni sodir etilgan terrorchilik harakati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.
«Diplomatik vakolatxona xodimlari va Afg‘oniston fuqarolarining qurbon bo‘lishiga olib kelgan terrorchilik harakatini qat’iy qoralaymiz.
Ushbu g‘ayriinsoniy harakatning tashkilotchilari va ijrochilarini aniqlash uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga chaqiramiz.
Halok bo‘lganlarining oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarning sog‘ayib ketishini tilaymiz», deyiladi bayonotda.
Rossiya TIV xabariga ko‘ra, portlash oqibatida diplomatik vakolatxonaning ikki nafar xodimi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter