Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekistonga borganda rosa uyaldim. Bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi» — Sadir Japarov

«O‘zbekistonga borganda rosa uyaldim. Bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi» — Sadir Japarov

A

Foto: Prezident matbuot xizmati

Qirg‘iziston prezidenti Toshkentga tashrifi haqida «Ozodlik»ka bergan intervyusida Qirg‘iziston va O‘zbekistonni taqqosladi.

«Kuni kecha O‘zbekistonga borganda ko‘p narsani sezdim. Hatto rosa uyaldim ham. Biz qirg‘izlar, 30 yildan beri bir-birimiz bilan siyosatda kelishmay, mitinglar o‘tkazib, faqat oyoq kiyim tozalovchi chyotka ishlab chiqara olibmiz. Fabrika, zavod qurmabmiz. O‘zbekiston bizdan 40-50 yil oldinga o‘tib ketibdi, desam yanglishmayman. Mayda shurupdan tortib, samolyot chiqarishgacha yetib boribdi», — dedi Japarov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 11-12-mart kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘lgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring


Izohlar mavjud emas