Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonlik genetik olima Rossiya ilmiy markazining oltin medalini qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik genetik olima Rossiya ilmiy markazining oltin medalini qo‘lga kiritdi

© Sputnik/Ramiz Baxtiyarov

Mukofotni topshirish «Chegarasiz Hamdo‘stlik» orfan (yetim, noyob) kasalliklarini tashxislash va davolash bo‘yicha ikkinchi Yevroosiyo forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonlik tadqiqotchi Tamaraxon Aripova «tibbiy genetika rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun akademik N. P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazning oltin medalini qo‘lga kiritdi», – deya yozmoqda  uz.sputniknews.ru  markaz matbuot xizmati xabariga tayanib.

Tamaraxon Aripova taniqli olima, 380 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy olimlar bilan birgalikda Markaziy Osiyo va Kavkaz orti xalqlarining populyasiya-genetik tadqiqotlarini o‘tkazgan.

Ko‘plab taniqli xalqaro ilmiy-tibbiy jamoalarning a’zosi, 12 nafar fan doktori va 14 nafar fan nomzodlarining ilmiy rahbari bo‘lgan.

«Uning rahbarligida O‘zbekiston Respublikasi aholisining immun holati xaritasi, immunologik va genetik pasportlari ishlab chiqildi; inson qonining mononuklear hujayralarida gepatit V va C viruslari, sitomegalo virus, herpes simplex, Epstein-Barr viruslari va boshqalarning genomlarini aniqlash, tiplash texnologiyalari takomillashtirildi, amaliyotga joriy etildi», – deya qayd etadi matbuot xizmati.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring