Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zganing yuragi bilan necha yil yashash mumkin?

O‘zganing yuragi bilan necha yil yashash mumkin?

Foto: Google

Niderlandiyalik Bert Yanssen ko‘chirib o‘tkazilgan yurak bilan 39 yil-u 252 kun yashab Ginnessning rekordlar kitobiga kirdi

Oldingi rekord egasi — 34 yil va 359 kun o‘zga yurak bilan yashagan kanadalik Harold Sokirk.

Bert Yanssen 17 yoshga to‘lganida unga kardiomiopatiya tashxisi qo‘yiladi, yuragi tanasini qon bilan bazo‘r ta’minlayotgandi. Yuragi istalgan payti to‘xtab qolishi mumkin edi, shu bois 1984 yilda unga donor yuragi ko‘chirib o‘tkaziladi. Niderlandiyada transplantatsiya amalga oshirilmasligi sababli Bert Britaniyaga borishiga to‘g‘ri keladi. Jarrohlik amaliyotidan uch hafta o‘tib, uyiga javob berishadi. Bir necha oygacha dori-darmonlarning yon ta’sirlaridan azob chekdi, ikki marta yuragi to‘xtab qolayozdi. Biroq keyinchalik hech narsa ko‘rmaganday bo‘lib ketdi.

Shifokorlarning aytganlariga qat’iy amal qildi: to‘g‘ri ovqatlandi, jismoniy mashqlarni kanda qilmadi, muntazam kardiologga qatnadi. Hozir u 57 yoshda, uylangan, ikki nafar farzandi bor. Umri davomida o‘zi uy qurdi, mebel do‘konida ishladi, kemada duradgorlik qildi. Qolaversa, sport (planerizm) bilan ham shug‘ullanadi. 2017-yilda davolovchi shifokorining tavsiyasi bilan pensiyaga chiqdi. Eng muhimi, u (o‘zga)ning yuragi hamon urmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring