Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozod qilingan asir OAVga XAMAS garovga olinganlarga qanday munosabatda bo‘lganini aytib berdi

Ozod qilingan asir OAVga XAMAS garovga olinganlarga qanday munosabatda bo‘lganini aytib berdi

© AFP 2023 / ERIK MARMOR

Falastin XAMAS harakati asirligidan ozod qilingan 85 yoshli Yoxeved Lifshits hujum paytida uni kaltaklashganini, ammo keyin jangchilar unga yaxshi munosabatda bo‘lganini, dori-darmon va oziq-ovqat berganligini aytdi.

Lifshitsning ta’kidlashicha, XAMAS jangchilari uni G‘azo sektoriga olib borib, yer ostidagi «o‘rgimchak to‘ri»ga olib kelishgan. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, ular undan soat va zargarlik buyumlarini olib qo‘yishgan. Uning qo‘shimcha qilishicha, yer osti yo‘li orqali 25 ga yaqin boshqa mahbuslar joylashgan katta zalga kirgan. Taxminan ikki-uch soatdan keyin u va yana to‘rtta mahbus alohida xonaga olib ketilgan. 

Avvalroq Isroil hukumati dushanba kuni kechqurun G‘azo sektoridagi XAMAS asirligidan ikki keksa ayol ozod qilinganligini tasdiqladi.  

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring