Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasini imzolashga tayyorligini bildirdi

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasini imzolashga tayyorligini bildirdi

Ozarbayjon va Armaniston tinchlik shartnomasi imzolashga tayyorligini tasdiqladi. 

 “Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi tinchlik bitimi matni bo‘yicha muzokaralar jarayoni allaqachon yakunlandi”, dedi Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov va jurnalistlarga barcha masalalar bo‘yicha kelishib olinganini qo‘shimcha qildi. 

Ozarbayjonning APA axborot agentligining yozishicha, kelishib olinmagan nuqtalardan biri xalqaro miqyosda bir-biriga da’vo qilmaslik bo‘lsa, ikkinchisi Ozarbayjon va Armaniston chegarasiga boshqa davlat vakillarini joylashtirmaslik edi. 

Keyinroq tinchlik shartnomasining tayyorligi Armaniston tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlandi. 

“Armaniston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Armaniston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasi o‘rtasida tinchlik va davlatlararo munosabatlarni o‘rnatish to‘g‘risida”gi shartnoma loyihasi ma’qullanganligi va loyihani tasdiqlash bo‘yicha muzokaralar yakunlangani faktini tasdiqlaydi. Shunday qilib, tinchlik shartnomasi imzolanishga tayyor. Armaniston Respublikasi Ozarbayjon Respublikasi bilan Bitimni imzolash vaqti va joyi bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlashga tayyor”, — deyiladi Armaniston TIV bayonotida. 

Bosh vazir Nikol Pashinyan bitim imzolash vaqti haqida gapirar ekan, shunday dedi: 

“Matn imzolanishga tayyorligini allaqachon ta’kidlagan edik, imzolash sanasi va joyi bo‘yicha muhokamalarni boshlashga tayyormiz. Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi ikki tomonlama formatdagi muzokaralarni boshlashga tayyor ekanliklari haqida bayonot berdi. Ularning o‘z g‘oyalari bor, bizda esa o‘zimizniki bor va bu muhokamalar davomida biz bu g‘oyalarni bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qilamiz, deb o‘ylayman”.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring