Pashinyan: Qorabog‘ni yo‘qotish aslida biz uchun foydali

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat budjeti ijrosini tasdiqlashga bag‘ishlangan chiqishida Qorabog‘ning yo‘qotilishi Armaniston uchun foydali bo‘lganini aytdi.
2022-yilda Ozarbayjonning Qorabog‘ga huquqini tan olish orqali Armanistonni «qamaldagi qal’a»dan suveren davlatga aylantirdim, dedi u.
«Bu masalada ko‘p bosh qotiraman, xulosam shunday: biz Tog‘li Qorabog‘ni yo‘qotmadik, balki Armaniston Respublikasiga ega bo‘ldik», — dedi Pashinyan.
Pashinyan muxolifatning uni Qorabog‘ni Ozarbayjon tarkibida tan olgan birinchi Armaniston bosh vaziri haqidagi ayblovlarini rad etdi.
Uning fikricha, Armaniston mustaqil va suveren davlatga aylana olmasligi uchun Qorabog‘dan «tuzoq» sifatida foydalanib kelingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter