Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pekin politsiyasi klon-itlarni xizmatga qabul qildi

Pekin politsiyasi klon-itlarni xizmatga qabul qildi

Foto: «Livingintravels.com»

Pekin politsiyasi klonlashtirilgan oltita itni xizmatga qabul qildi, deb yozadi «Regnum».

Xizmatga qabul qilish marosimi Pekin shahar jamoat xavfsizligi byurosi qoshidagi politsiya it stansiyasida bo‘lib o‘tdi. Instruktorlar klonlashtirilgan oltita itga forma, beyji va rangli bo‘yinbog‘ taqib qo‘yishdi. Bu ularning rasman xizmatga qabul qilinganini anglatadi.

Politsiya zobiti Ma Szinleyning aytishicha, itlarni klonlashtirish gen darajasida mashhur politsiya itlarining qobiliyatlarini qayta tiklash muammosini hal qilishga yordam beradi. Ekspertlar so‘nggi yillarda ana shu muhim vazifani hal etish bilan shug‘ullanishdi.

2019-yil boshlarida politsiyachilar ikkita politsiya itining teri namunalaridan foydalanish orqali oltita itni klonlashtirish bo‘yicha firmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishgandi. Klonlar joriy yil avgustda xizmat itlari stansiyasida dunyoga keldi. Ular donorlar DNKsi bilan 99% bir xil.

Maning so‘zlariga ko‘ra, klonlashtirilgan itlar to‘rt oylik bo‘lishiga qaramay, eslab qolish, jasorat va tajovuzkorlik borasida klonlashtirilmagan olti oylik politsiya itlari bilan bir xil natijani ko‘rsatmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring