Pensiyalar rekord darajada oshirilishi xushxabar emas — Finlyandiya
Finlyandiya 2023-yilda pensiyalarni 6,8 foizga oshirmoqchi. Mamlakat pensiya tizimi rahbari Mikko Kautto YLE teleradiokompaniyasiga bergan intervyusida shunday dedi.
Suomida 1980-yillar oxiridan buyon pensiyalar rekord daraja oshiriladi. Buni xushxabar deb bo‘lmaydi, Kautto qo‘shimcha qilishicha, mamlakatda inflyasiya bundan battar rekordlashgan.
«Hozir ish haqlari pensiyalarga qaraganda sekin oshmoqda, kelgusi yili o‘rtacha pensiyalar o‘rtacha maoshlarga solishtirganda har qachongidan yuqori bo‘ladi. 2023-yilda tarixiy burilish yasalishi mumkin, chunki pensiyalar darajasi o‘rtacha maoshlarga nisbatan pasayishni boshlaydi», — tushuntirdi Kautto.
Finlyandiyada rasmiy yillik inflyasiya 8,1 foizga yetgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter