Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pentagonning sobiq maslahatchisi Ukraina bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi

Pentagonning sobiq maslahatchisi Ukraina bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi

Pentagonning sobiq maslahatchisi, AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi Duglas Makgregor Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha kutilmagan bayonot berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar ukrainaliklarga imkonsiz vazifani topshirgan.

«Biz ukrainaliklarga imkonsiz vazifani berdik va u yerda o‘lishlarini aytdik. Men Ukraina xalqi yetarlicha azob chekib bo‘lganiga ishonaman», deb yozdi Duglas Makgregor X ijtimoiy tarmog‘ida.

«Afg‘onistonda sodir bo‘lgan hodisalarni qachonlardir Kiyevda ham ko‘ramiz», qo‘shimcha qilgan u.

Avvalroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining yangi yil murojaatida mamlakatning har bir fuqarosi yo qochqinlik maqomi, yoki davlat oldidagi burchini bajarish o‘rtasida tanlov qilishi kerakligini aytgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring