Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

NASA marsoxodi Marsdan ilk bor noyob namunalarni oldi

NASA marsoxodi Marsdan ilk bor noyob namunalarni oldi

NASAning Perseverance marsoxodi Mars sayyorasi tuprog‘ining birinchi namunalarini to‘pladi. Bu haqda loyiha bosh muhandisi Adam Steltsner ma’lum qildi.

«Bizda namuna bor! Men hech qachon oddiy toshdagi teshikni ko‘rib bunchalik baxtli bo‘lmaganman», - deb yozdi Steltsner o‘zining tvitterdagi sahifasida.

U, shuningdek, qaydlariga marsoxod tomonidan yuborilgan fotosuratlarni ham biriktirgan. Suratda sayyoradan olingan chang namunalari orasida katta tosh hamda tosh o‘rtasida aylana teshik ko‘rinib turibdi.

Avgust oyining boshida Perseverance Mars tuprog‘idan namuna olishga harakat qilgandi. Biroq barcha urinishlar samarasiz bo‘lib, kerakli namunani qo‘lga kiritishga imkon bo‘lmagandi.

Yerdan boshqa sayyorada hayotni qidirish bilan shug‘ullanuvchi marsoxodga NASA kosmik agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Ingenuity razvedka vertolyoti yordam bermoqda.

Vertolyotning vazifasi Qizil sayyoraning qoya va tepaliklarini suratga olishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring