Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peruda prezidentlikka nomzodga suiqasd uyushtirildi

Peruda prezidentlikka nomzodga suiqasd uyushtirildi

Foto: X

Peru prezidentligiga Libertad Popular («Xalq erkinligi») liberal-o‘ng partiyasidan nomzodi ko‘rsatilgan Rafael Belaundega suiqasd uyushtirildi. Bu haqda Peruning Exitosa nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, siyosatchi poytaxt Limadan janubda mashinasida o‘tirgan paytida yollanma qotillar unga o‘q uzgan. Haydovchi o‘rniga qarata to‘g‘ridan-to‘g‘ri uch marta o‘q uzilganiga qaramay, siyosatchi yengil jarohat olgan.

Sobiq kongressmen Jino Kosta siyosiy saylovoldi poygasi avjiga chiqqan paytda ayni voqea yuz berganidan taassufda ekanini bildirdi. U mamlakat politsiyasi va boshqa rasmiylarni ushbu hujum ishtirokchilarini zudlik bilan qo‘lga olishga chaqirib, hukumatdan yaqin oylar va haftalarda prezidentlikka nomzodlarga zarur xavfsizlik kafolatlarini taqdim etishni talab qildi.

Belaunde politsiya mahkamasiga kelib, ilk bayonotini berdi. Ma’lum qilinishicha, suiqasd uyushtirilgan paytda u saylov bilan bog‘liq siyosiy faoliyatni bajarmagan, balki shaxsiy ishlari bilan shug‘ullanayotgan bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring