Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Peskov Rossiyadagi og‘ir vaziyat haqida gapirdi

Peskov Rossiyadagi og‘ir vaziyat haqida gapirdi

Rossiya demografiya sohasida qiyin ahvolda, rasmiylar vaziyatni barqarorlashtirish uchun bir qator choralar ko‘rmoqda, ammo natija yo‘q. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

«Aholining tug‘ilish darajasini oshirishni rag‘batlantirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi, biroq hozircha bu kerakli natijani bermayapti. Hozir biz jiddiy muammo ichidamiz», dedi Peskov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyani ikkinchi jahon urushi davridan beri demografik muammolar qiynab kelgan. Yana bir demografik inqiroz 1990 yillarda yuzaga kelgan edi. «Endi, biz yashayotgan o‘n yillikda bu inqirozlar «birlashdi», deydi Peskov.

2022 yil iyun oyida Putin ham Rossiya o‘ta og‘ir demografik vaziyatni boshidan kechirayotganini aytgandi. Unga ko‘ra, 2022 yil aprel oyida Rossiyada 100 mingdan kam bola tug‘ilgan, bu 2020 yil apreliga nisbatan deyarli 13 foizga kam.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring