Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistonlik taniqli xonanda avtohalokatga uchradi (Video)

Qirg‘izistonlik taniqli xonanda avtohalokatga uchradi (Video)

Foto: «Bars.media»

Qirg‘izistonlik taniqli xonanda Asel Kadirbekova Bishkekda avtohalokatga uchradi. Hozir u reanimatsiyada. Bu haqda «Sputnik» xabar berdi.

Hodisa juma kuni yuz berdi. «Toyota Camry» avtomobili qo‘riqlash xizmati mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Bishkek travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 29 yoshli xonanda komada, uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, bosh miyasi shikastlangan, o‘mrov suyagi va bo‘yin umurtqalari singan. Kadirbekova komadan chiqqach shifokorlar uni operatsiya qilishmoqchi.

Kadirbekova qirg‘izistonlik yana bir taniqli xonanda Nurlan Nasipning rafiqasi hisoblanadi. U ijtimoiy tarmoqlarda juda faol, «Instagram»da ikki millionta obunachisi bor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring