Pokiston so‘nggi sakkiz yilda birinchi marta Hindistonni Islomobodga taklif qildi
Pokiston Hindiston bosh vaziri Narendra Modini Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar rahbarlarining uchrashuvida qatnashish uchun Islomobodga rasman taklif qildi. Bu haqda The Express Tribune gazetasi xabar berdi.
Tashkilotning yig‘ilishiga 2024-yilning 15-16-oktyabr kunlari Islomobod mezbonlik qiladi.
Ta’kidlanishicha, Pokiston so‘nggi sakkiz yil ichida ilk marotaba Hindiston rahbarini mamlakatga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif etmoqda. Oxirgi marta 2016-yilda Modi Janubiy Osiyo mintaqaviy hamkorlik assotsiatsiyasi sammitiga taklif etilgan, biroq Hindiston ushbu tadbirga boykot e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter