Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonda jangarilar 450 kishini garovga oldi

Pokistonda jangarilar 450 kishini garovga oldi

Pokistonda jangarilar poyezdga hujum qilib, 450 kishini garovga oldi. 

Hujumchilar Pokiston janubi-g‘arbida yo‘lovchi poyezdiga o‘t ochdi, deya xabar bermoqda CNN politsiya va temir yo‘l rasmiylariga asoslanib. 

Voqea uchun mas’uliyatni “Belujiston ozodlik armiyasi” ekstremistik guruhi a’zolari o‘z zimmalariga oldi, deb yozadi nashr. 

Mirror nashrining yozishicha, qurolli guruh poyezdga o‘t ochishi oqibatida mashinist og‘ir yaralangan. 450 ga yaqin odam garovga olingan. 

Pokiston rasmiylariga ko‘ra, hodisa joyiga xavfsizlik kuchlari jo‘natilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring