Pokistonda poyezdda 10 kishi yonib ketdi
![Pokistonda poyezdda 10 kishi yonib ketdi](http://static.xabar.uz/crop/2/5/720_460_95_2577700406.jpg)
Pokistonda poyezdda chiqqan yong‘in oqibatida 10 kishi hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar berdi «Reuters» agentligi Pokiston yo‘llar vaziri Shayx Rashid Ahmad so‘zlariga tayanib.
Xabarga ko‘ra, noxush hodisa Rahim-Yar-Xan shahri yaqinida sodir bo‘lgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in yo‘lovchilar uchun taom tayyorlanadigan poyezd oshxonasidagi gaz balloni portlashi oqibatida kelib chiqqan. Yong‘in oqibatida poyezdning 3 ta vagoni vayron bo‘lgan, 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter