Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Akaning o‘rniga uka: Pokistonda yangi bosh vazir saylandi

Akaning o‘rniga uka: Pokistonda yangi bosh vazir saylandi

Shoh Mahmud Qurayshiy va Shahboz Sharif (o‘ngda).

Foto: Anadolu Agency / SalamNews

Muxolifatdagi Musulmonlar ligasi partiyasi nomzodi Shahboz Sharif — Pokistonning yangi vaziri bo‘ldi.

Saylovda Shahboz Sharifni 174 deputat yoqlab ovoz berdi, «Tahriqi Insof» partiyasidan nomzod Shoh Mahmud Qurayshiyda esa bitta ham ovoz yo‘q, chunki uning partiyasi ovoz berish jarayoniga boykot e’lon qilgan.

Ovoz berishga oz vaqt qolganida sobiq bosh vazir Imron Xonning «Tahriqi Insof» partiyasi parlament tarkibini tark etdi. Ushbu partiya Milliy assambleya (quyi palata)da 342 tadan 155 ta o‘rin egasi edi.

Ushbu partiya vakili Shayx Rashidning aytishicha,  «Tahriqi Insof» aholini «xorijiy fitna»ga qarshi bosh ko‘tarishga da’vat etishda davom etadi.

Yangi bosh vazir Shahboz Sharif — keyinchalik qamalib ketgan to‘rt karra bosh vazir Navoz Sharifning ukasi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring