Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokistonlik vazir O‘zbekistonga kelyapti

Pokistonlik vazir O‘zbekistonga kelyapti

Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qureshi shu kunlarda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Markaziy Osiyoga tashrifini kecha Tojikistondan boshlagan.

Bugun, 25 avgust kuni Qureshi tojik hamkasbi Sirojiddin Muhriddin va davlat rahbari Imomali Rahmon bilan uchrashib, Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilgan.

U yerdan chiqib, pokistonlik vazir O‘zbekiston, Turkmaniston va Eronga borishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shoh Mahmud Qureshini qabul qilishi ham ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring