Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiya mahbusni yanglishib turmadan ozod qildi va uni yana hibsga oldi

Politsiya mahbusni yanglishib turmadan ozod qildi va uni yana hibsga oldi

Foto: «M.gazeta.ru»

Amerikaning Ogayo shtati hukumati yaqinda qo‘shimcha ayblovlar qo‘yilgan mahbusni yanglishib turmadan ozod qilishdi va ko‘p o‘tmay uni yana hibsga olishdi. Bu haqda «Lenta» xabar berdi.

31 yoshli Telleon Stefon Brazil o‘g‘rilik, mashina olib qochish, noqonuniy o‘qotar qurol saqlash kabi bir qancha ayblovlar bilan hibsga olingan va jazoga mahkum etilgan. U Ogayo shtati turmasida jazo o‘tayotgandi.

14-yanvar kuni Ogayo hukumati Portsmut shahrida sherif idorasiga olib kelinadi. U yerda Brazilga giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlikda qo‘shimcha ayblovlar e’lon qilinadi. 21-yanvar kuni politsiyachilar garov evaziga Brazilni bexosdan ozod qilishadi. Qarindoshlari uni Michigan shtati, Detroyt shahriga olib ketishadi.

30-yanvar, payshanba kuni Ogayo hukumati Michigan axloq tuzatish muassasasi Departamentiga xato qilganliklarini ma’lum qilishadi. Huquqni himoya qiluvchi organ vakillari Brazilning oilasi bilan bog‘lanib, uni turmaga qaytarishni talab qiladi. Biroq mahkum xabarni e’tiborsiz qoldiradi.

1-fevral, shanba kuni kechasi Brazil Detroytdagi uyida hibsga olinadi. Unga takroriy qamoqdan qochishga urinish bilan bog‘liq qo‘shimcha ayblov e’lon qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring