Polsha to‘rt kunlik ish haftasiga o‘tmoqda

Polsha oila, mehnat va ijtimoiy siyosat vazirligi 30-iyundan ish vaqtini qisqartirish bo‘yicha tajriba loyihasini ishga tushiradi, deb xabar berdi The Warsaw portali.
Xodimlar uchun uch xil taklif berilmoqda:
- Haftasiga to‘rt ish kuni (maoshlar oldingicha qoladi)
- Ish kuni 8 soatdan 6 soatga qisqaradi
- Qo‘shimcha ta’til
2027-yilning noyabriga qadar ushbu qonunni to‘liq qabul qilish mo‘ljallangan.
Ushbu sinov ish beruvchilarning cho‘ntagiga zarar qilmaydi: kompaniyalar va davlat tuzilmalari ish jadvalini o‘zgartirishi uchun 1 mln zlotiygacha oladi.
Ta’kidlanishicha, ish soatlarining qisqarishi rasman foydali, masalan, Fransiyada YIM 81 foizgacha o‘sgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter