Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Polsha va Litva Rossiya atom energetikasiga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi

Polsha va Litva Rossiya atom energetikasiga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qildi

Polsha va Litva Rossiya atom energetikasiga cheklovlarni Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining o‘ninchi paketiga kiritishni taklif qilmoqda. Bu haqda ushbu mamlakatlardagi diplomatik manbalarga tayanib, Reuters xabar bermoqda.

Rossiyaga qarshi eng qattiq pozitsiyalar bilan chiqish qilayotgan Litva va Polsha kabi davlatlar yangi sanksiyalar paketiga Rossiya yadroviy sektori hamda Rossiya olmoslari bilan savdolarni cheklashni kiritishga urinmoqda.

Agentlik suhbatdoshlariga ko‘ra, Varshava va Vilnyus yana bir qancha kredit tashkilotlarini SWIFT tizimidan uzib, Rossiya OAV va banklariga nisbatan sanksiyalarni kengaytirishni ham taklif qilmoqda.

Agentlik manbalaridan birining ta’kidlashicha, «yangi sanksiyalar uchun Yevropa Ittifoqida yakdil qarorga kelish tobora qiyinlashmoqda».

Shuningdek, yangi paketda Belorusga qarshi sanksiyalar ham ko‘zda tutilgani ma’lum bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring