Polshada Hitlerning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab konsert uyushtirmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Polshada fashistlar rahbari Adolf Hitlerning tug‘ilgan kuniga bag‘ishlab konsert tashkil etishga uringan ikki nafar tashkilotchi qo‘lga olingan. Bu haqda «Aif.ru» xabar bergan. Operatsiyani Polsha ichki xavfsizlik agentligining 300 nafar xodimi amalga oshirgan.
Konsert uyushtirilagan joy va aybdorlar tekshirilganda, bir qancha neofashistik ramzlar tushirilgan buyumlar ham topilgan.
«Ichki xavfsizlik agentligi xodimlari o‘tkazgan amaliyot tufayli neofashistlar konsertining asosiy tashkilotchisi bo‘lgan ikki kishi ushlandi», — deya ma’lumot bergan mamlakat prokuraturasi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter